Eriksen qachon maydonga qaytishi haqida gapirdi

Aslanov Jasurbek
6 avg 2021, 19:24
Daniya terma jamoasi va "Inter" yarim himoyachisi Kristian Eriksen qachon futbolga qaytishini aytdi.

Men to'rt yoki bosh oydan keyin futbol o'ynay boshlayman. Hammasi joyida, - deydi daniyalik yarim himoyachi.

"Inter" bosh murabbiyi Simone Inzagi Eriksenga ishonishini aytdi. U shifokorlar nazorati ostida tiklanish kursidan o'tishi kerak bo'ladi.

Eslatib o'tamiz, Evro-2020 guruh bosqichining Daniya va Finlyandiya terma jamoalari o'rtasidagi uchrashuvida (0:1) Eriksen maydonda hushini yo'qotgandi. Shifokorlar uni o'n daqiqadan ko'proq reanimaciya qildi, shundan so'ng kasalxonaga olib ketishdi. Keyinchalik u yurak xurujiga uchragani ma'lum bo'ldi. Kasalxonada unga yurak stimulyatori o'rnatilgan. Kristianning futbolga qaytishi hozircha noma'lum.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Nettavisen