Eriksen Fransiya chempionatiga yo'l olishi mumkin

Alisher
7 yanv 2022, 13:00
"Inter" bilan shartnomasini bekor qilgan va hozirda erkin agent maqomida bo'lgan Kristian Eriksen yangi klub qidirmoqda.

29 yoshli yarim himoyachi faoliyatini Fransiya chempionatida davom ettirishi mumkin. Daniyalik futbolchining "Monako" libosini kiyish ehtimoli yo'q emas.

Eslatib o'tamiz, Eriksen maydonda defibrillyator bilan harakat qilish mumkinmasligi sabab A Seriyani tark etdi.

Futbolchining yuragi Evro-2020 doirasidagi Daniya - Finyandiya o'yinida to'xtab qolgan edi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Todofichajes