Erik Bayi yo'l transport hodisasiga uchragani sababli "Sheffild"ga qarshi o'yinda qatnashmagan

Mirjalol Normatov
29 yanv 2021, 22:16
APLning 20-turi doirasida "Sheffild"ga qarshi o'yinni "Manchester Yunayted" fullbeki Erik Bayi o'tkazib yubordi.

Mankunianliklar bosh murabbiyi Ole-Gunnar Sulsher uchrashuvdan oldin klub matbuot xizmatiga Bayining o'yinda qatnashmasligini, yaqin vaqtlar ichida u safga qaytishini ma'lum qilgan. Biroq sababini ochiqlamagandi.

Bugun jurnalist Dankan Kaslzning tvitterida bergan ma'lumotiga ko'ra, Bayi kichik mashina avariyasiga yo'liqqan. Uning takidlashicha, Erik avtomobil boshqaruvida bo'lmagan va tan jarohati olmagan.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal