Erdo'g'an Ronaldu faoliyatini qayerda davom ettirishini aytdi

Eldor Akmurzayev
26 dek 2022, 09:45
Avvalroq, Turkiya prezidenti Rajab Toyip Erdo'g'an Krishtianu Ronaldu falastinliklarni qo'llab-quvvatlayotgani tufayli sankciyalarga uchragani haqida o'z nutqida gapirgandi.

Shuningdek, rahbar portugaliyalik yulduz faoliyatini qayerda davom ettirishidan xabardorligini aytdi.

“Mendagi ma'lumotlarga ko'ra, Ronaldu faoliyatini Saudiya Arabistonida davom ettiradi”, degan Erdo'g'an.

Hozirda Krishtianu bilan “Al Nassr” muzokaralar olib bormoqda.

Turkiya Prezidenti o'z nutqi vaqtida: “Ronaldu falastinliklarni qo'llab-quvvatlaydi. JCH-2022 vaqtida unga sankciyalar qo'yishdi”

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Goal