"Al Nassr" sport direktori Ronaldu bilan bog'liq muzokaralar haqida gapirdi

Оқил Абдубарноев
26 dek 2022, 00:51
"Al Nassr" klubi sport direktori Krishtianu Ronaldu bilan shartnoma imzolash mavzusida gapirdi.

Saudiya Arabistoni klubi uzoq vaqtdan beri 37 yoshli superyulduzni o'z safiga qo'shib olish uchun asosiy da'vogar sanalib kelmoqda. Portugaliyalik futbolchiga moliyaviy tomondan juda foydali shartnoma taklif qilingan.

“Keling, yil oxirigacha kutamiz va transfer ishlari qanday ketayotganini kuzatamiz. Ushbu muzokaralar nafaqat klubimiz va butun mamlakatimiz, balki butun futbol olami uchun juda muhim. Ronaldu tarixdagi eng yaxshi futbolchilardan biri. U har doim namuna qilishga arzirli sportchi bo'lib ketgan", - dedi Marselo Salazar.

Eslatib o'tamiz, noyabr oyida Krishtianu Ronaldu klub bilan shartnomani muddatidan oldin bekor qilib, "Manchester Yunayted"ni tark etgandi.

O'xshash yangiliklar


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: Flashscore