Enrike: "Pikening "Real" haqida aytgan gaplari? Men undan battarroqman, shu sababli jim bo'lganim yaxshi"
Aslanov Jasurbek
1 apr 2017, 20:45
"Barselona" bosh murabbiyi Luis Enrike "Granada"ga qarshi bahs oldidan jamoa himoyachisi Xerard Pikening "Real" haqida aytgan so'zlari borasida fikr bildirdi.
"Men Pikedan battarroqman, shu sababli bu borada umuman gapirmaganim yaxshi. Buni xohlaganingizcha e'lon qiling. Pikening so'zlari haqida nima o'ylashim muhim emas. Xerard kabilar boshqa yo'q" - deydi Enrike.