

O'zbekiston futbol federatsiyasi yilning eng yaxshi futzalchisi sovrini uchun nomzodlarni e'lon qildi:
- Ravshan Eliboev (O'zbekiston futzal terma jamoasi va BMB)
- Ixtiyor Ropiev (O'zbekiston futzal terma jamoasi va “Jizzax-Kenteks”)
- Davron Choriev (O'zbekiston futzal terma jamoasi va BMB)
- Husniddin Nishonov (O'zbekiston futzal terma jamoasi va BMB)

Eslatib o'tamiz, O'zbekiston futbol assotsiatsiyasi hamda Professional futbol ligasi hamkorligida tashkil etilayotgan marosimning boshqa laureatlari tez orada e'lon qilinadi. Ananaga ko'ra, eng asosiy nominaciyalar g'oliblari sport jurnalistlari ovoziga ko'ra aniqlanadi. Ichki ligalar tasnifida esa eng kuchlilar mavsum davomida murabbiylar, futbolchilar, OAV vakillari hamda muxlislar ovozlariga ko'ra aniqlab kelinmoqda. Shuningdek, tashkilotchilar o'zbek futboli rivojiga o'z hissasini qo'shib kelayotgan yana qator insonlarni taqdirlashni rejalashtirgan.



