Enco Fernandes "Barsa" nigohida

Sherzod Nurmatov
12 okt 2022, 13:34
"Benfika" a'zosining yarim himoyadagi harakatlari Kataloniya klubini qiziqtirib qo'ydi.

21 yoshli futbolchi ushbu mavsumda o'z poziciyasiga moslashib keta oldi va yarim himoyadagi o'yini yaxshi taassurot qoldirdi. La Liga grandi argentinalik yosh o'yinchini mavsum so'ngida jamoani tark etadigan Serxio Buskets o'rniga ehtimoliy o'rinbosarlardan biri sifatida ko'rmoqda. 

Enco Fernandes yozda Argentinaning "River Pleyt" klubidan "Benfika"ga 15 mln evro evaziga o'tgan edi. 

Argentinalik yosh iqtidor egasi joriy mavsum Portugaliya klubi tarkibida 13 ta o'yinda ishtirok etdi va 1 ta gol urib, 2 ta assist qayd etdi. 

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Sport.es