Emre Jan tanladi

Mirjalol Normatov
7 apr 2018, 15:25
"Liverpul" yarim himoyachisi Emre Jan "Real", "Yuventus" va "Bavariya"dan birini tanladi.

"Sport.es" nashri xabariga ko'ra, yaqinlashib kelayotgan yozda futbolchi "keksa sinora" tarkibiga borib qo'shiladi. 24 yoshli germaniyalik futbolchining jamoa bilan amaldagi shartnomasi ushbu mavsumdan keyin yakunlanadi. Jamoa rahbariyati futbolchi bilan shartnomani uzaytirish borasida muzokaralar olib bormayapti.

Bu mavsumda Jan "Liverpul" tarkibida 37 uchrashuvda maydonga tushib, 6 gol urgan va 5 samarali pas bergan.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Sport.es