Emeri: "Artetada "Arsenal"da muvaffaqiyatga erishish uchun barcha narsa bor"

Alisher
16 may 2020, 11:54
"Arsenal" sobiq ustozi Unai Emeri jamoaning hozirgi bosh murabbiyi Mikel Arteta haqida fikr bildirdi.

"U "Arsenal"ning sobiq o'yinchisi, shunday ekan unda bu jamoani shug'ullantirish uchun barcha narsa bor. Bundan tashqari, u Pep bilan bir necha yillar ishladi - bu juda muhim.

O'ylaymanki, mening ketishimdan so'ng, bu to'g'ri tanlov bo'ldi. "Arsenal" eski holatiga qaytishi uchun islohotlar kerak va Arteta buni amalga oshirishi mumkin. Men u bilan dekabrda gaplashgandim.

Men Arteta va "Arsenal"ga eng yaxshi tilaklarni tilayman", - deydi Emeri.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Daily Mail