Elkeson Xitoy terma jamoasidagi debyutiga tayyorgarlik ko'rmoqda

Alisher
9 sen 2019, 18:20
Xitoy terma jamoasi va Elkeson ertaga bo'lib o'tadigan Maldivga qarshi o'yin uchun tayyorgarlik ko'rmoqda.

Elkeson kelib chiqishi xitoylik bo'lmagan o'yinchi sifatida terma jamoadan ilk bor chaqiruv olgan futbolchiga aylandi. "Guanjou Evergrand" o'yinchisi yaqinda Xitoy fuqarolini qabul qilgan edi.

Qayd etish kerakki, Elkeson umuman Braziliya terma jamoasida o'ynamagan. U shu yilning yanvar oyiga kelib Xitoy fuqaroligi uchun etarlicha yashab ulgurgan edi.

Hujumchi Xitoydagi faoliyati davomida 234ta o'yinda maydonga tushib, 134ta gol va 60ta assistga erishgan.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: championat.asia