O'zbekiston U-20 terma jamoasi Xitoyga yetib bordi

Sherzod Nurmatov
28 yanv 2025
O'zbekiston U-20 terma jamoasi Osiyo Kubogi oldidan so'nggi o'quv-mashg'ulot yig'inini o'tkazish uchun Xitoyning Chjuhay shahriga yetib bordi, deya xabar berdi O'FA matbuot xizmati.

Bosh murabbiy Farhod Nishonov mazkur yig'inga 25 futbolchini jalb qildi. Yig'in doirasida 2 fevral kuni Xitoy yoshlar terma jamoasiga qarshi nazorat uchrashuvi bo'lib o'tadi.

Darvozabonlar: Maksim Murkaev, Muhammadyusuf Sobirov, Samandar Muratbaev

Himoyachilar: Azizbek To'lqinbekov, Behruz Jumatov, Dilshod Abdullaev, G'iyosjon Rizaqulov, Muhammadali Zohirov, Narimon Ahmadjonov, Ozodbek Qurbonov, Ro'ziboy Fayzullaev, Saidxon Hamidov

Yarim himoyachilar: Daler Tuxsanov, Lazizbek Mirzaev, Muhammadali O'rinboev, Muhammedali Reimov, Murodjon Komilov, Ollobergan Karimov, Ravshan Hayrullaev, Rustambek Fomin

Hujumchilar: Abdug'ofur Haydarov, Amirbek Saidov, Aslbek Jumaev, Nurlan Ibraimov, Saidumarxon Saidnurullaev.

Eslatib o'tamiz, 12 fevraldan 1 martgacha Xitoy mezbonlik qiladigan musobaqada terma jamoa guruh bosqichida Indoneziya, Yaman va Eronga qarshi bahs olib boradi. 


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: ЎФА матбуот хизмати