Eldor Sakaev "Oq-tepa"da ishlaydi

Narzulla Saydullayev
30 iyun 2014, 11:52
Mamlakatimizning bir qator jamoalarida murabbiylik qilgan Sakaevning oxirgi ish joyi "Neftchi" edi.
Taniqli murabbiy may oyida farg'onaliklar bilan xayrlashganidan so'ng ishsiz edi.

Ma'lum bo'lishicha Sakaev uzoq vaqt ishsiz qolmaydi va u yaqin orada birinchi liga vakili "Oq-tepa"da ish boshlaydi. Bu haqda jamoa bosh murabbiyi Furqat Esonboev "CA" ga xabar berdi.

Bundan tashqari Esonboev yangi jamoasida murabbiylar shtabiga yana bir-ikkita yordamchilarni jalb etishni maqsad qilgan.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia