El Klasikoni boshqarib boradigan hakam ma'lum bo'ldi

Оқил Абдубарноев
10 yanv 2022
Andalusiyalik Xose Luis Munuera Ispaniya Superkubogi yarim finalidan o'rin olgan "Barselona" - "Real Madrid" uchrashuvini boshqaradi.

38 yoshli referi faoliyatidagi ilk El Klasikoda ishlaydi. Uchrashuv Saudiya Arabistonidagi "Qirol Fahd" stadionida 12 yanvardan 13 yanvarga o'tar kechasi soat 00:00 da boshlanadi.

Mazkur turnirning ikkinchi bahsida "Atletiko Madrid" va "Atletik Bilbao" o'zaro bahslashadi.


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: rfef.es