"El Chiringuito" jurnalisti: "Ramos ketadi, uning qaerga o'tishini barcha bilib turibdi"

Mirjalol Normatov
15 fev 2021, 23:14
"Real" himoyachisi va sardori Serxio Ramos jamoani tark etadi, deb xabar bermoqda "El Chiringuito" jurnalisti Jozep Pedrerol.

"U ketadi. U ketadi, ketadi. Serxio ketishini tan olib bo'lgan. Uning qaerga o'tishini barcha bilib turibdi. Buni yaqin kunlarda aniqlashtirib olamiz", - dedi Jozep Pedrerol.

Ramosning "qirollik klubi" bilan shartnomasi yozda yakuniga etadi. Ispaniyalik futbolchi shartnomasini uzaytirish bobida muzokaralar olib bormayapti.

Qayd etish kerak, aynan "El Chiringuito" nashri Krishtianu Ronalduning "Real"dan "Yuventus"ga o'tishi borasidagi ilk xabarni ommaga ma'lum qilgandi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: El Chiringuito