Eksklyuziv: Andrey Fyodorov va uning jamoasi "Xirosima-94"da Koreyani qanday yutgandi?

Narzulla Saydullayev
21 yanv 2015, 09:39
Ertaga terma jamoamiz Janubiy Koreya terma jamoasiga qarshi OK-2015da maydonga tushadi.
Osiyo Kubogining chorak finali doirasidan o'rin olgan mazkur bahs biz uchun o'ta muxim ekanligini barchamiz yaxshi bilamiz. Yodingizda bo'lsa, 1994 yil Xirosima yashil maydonlarida bo'lib o'tgan Osiyo o'yinlarining yarim finalida terma jamoamiz aynan Koreya ustidan qozonilgan g'alabadan so'ng final yo'llanmasini qo'lga kiritgan edi. Oradan 21 yil o'tib, yana Koreyaga qarshi murosasiz o'yin arafasida turibmiz.

1994 yili Andrey Fyodorov terma jamoamiz safida ajoyib o'yinlari bilan muxlislar ishonchini qozona olgan. Demak, tarixni yodga olamiz. Ajab emas, mazkur ko'rsatuv terma jamoamiz a'zolarini ruhan tetiklashtirsa. Agar ertaga Koreya to'sig'idan o'ta olsak, mazkur tarkibni xuddi biz Xirosima vakillarini eslagandek, 20-30 yildan keyin ham mana shunday yorqin xotiralar bilan yodga oladilar.

TAS-IX hududida


TAS-IX emas

 
Muallif: Nodirxo'ja Yuldashev.
Matnni Kamoliddin Alimov o'qidi
Montaj: Zoir Tursunboev va Maksim Kolodkin

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia