Eden Azar: "Ronaldudan so'ng 7-raqam ostida o'ynash osonmas"

Alisher
29 okt 2019, 16:13
"Real" yarim himoyachisi Eden Azar 7-raqamda to'p tepish haqida gapirdi.

"Ronaldudan so'ng 7-raqam ostida o'ynash osonmas, bu raqamning o'z tarixi bor.

"Real" barcha turnirlarda zafar quchish uchun qo'lidan kelganini qiladi. Biz sovrin yutishimiz shart. Men Chempionlar Ligasining muhimligini tushunaman. Men uni yutish uchun shu yerdaman.

Bu hamma uchun, ayniqsa men uchun muhim. Hozir men dunyoning eng quchli klubidaman va bu yerda qo'limdan kelgan barcha narsani qilishga harakat qilaman", - deydi Azar.

Eslatib o'tamiz, Azar yozda "Real"ga "Chelsi"dan o'tgan edi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Realmadrid TV