Eden Azar: “Men PSJga ketmayman, “Chelsi”da qolaman”

Tolibjon Qosimov
10 iyun 2014, 14:26
“Chelsi” yarim himoyachisi Eden Azar PSJga o'tishi haqida mish-mishlarni rad etdi.
“Men PSJga ketmayman. Men “Chelsi”da qolishim aniq. Hozir men klub bilan yangi shartnoma haqida muzokaralar olib boryapman, lekin shoshilmoqchi emasman.

Futbolda hamma narsa bo'lishi barchaga ma'lum, lekin meni “Chelsi” bilan shartnomam mavjud va men bu klubdan ketmoqchi emasman.

Shartnomani uzaytirish borasida muzokaralar endi boshlandi, ammo klub menga va katta natijalarga erishishimga ishonadi.

Shaxsan menga PSJdan hech kim murojaat qilgani yo'q”, -  deydi Azar.

Tolibjon QosimovMuallif
Manba: sports.ru