Edegor Holandni "Arsenal"ga chaqirganini aytdi

Sherzod Nurmatov
6 avg 2022, 20:25
"Arsenal"ning norvegiyalik yarim himoyachisi Martin Edegor vatandoshi Erling Holandni London klubiga o'tishga undaganini ta'kidladi.

"Men Erling bilan har kuni gaplashaman. U ajoyib yigit va qoyilmaqom o'yinchi. Holand – "Arsenal" uchun zo'r hujumchi, u juda ko'p gol uradi. Men uni "Arsenal"ga chaqirishga harakat qildim, lekin u bunga javoban menga qarab shunchaki kulib qo'ydi", – dedi londonliklar sardori.

Eslatib o'tamiz, 21 yoshli Holand yozda 60 million evro evaziga "Borussiya" Dortmunddan "Manchester Siti"ga o'tgan edi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: The Mirror