YCHLda haftaning eng yaxshi futbolchisi aniqlandi

Оқил Абдубарноев
3 noya 2022, 22:50
“Milan” futbolchisi Olive Jiru Chempionlar ligasida haftaning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.

Guruh bosqichining 6-turida 36 yoshli fransiyalik futbolchi “Zalcburg” darvozasiga ikkita gol urdi (4:0), shuningdek, ikkita golli uzatmani ham amalga oshirdi. Uning jamoasi esa pley-offga yo'l oldi.

Ushbu sovringa “Real” yarim himoyachisi Federiko Valverde, “RB Leyptsig” hujumchisi Kristofer Nkunku va “Barselona” vingeri Ferran Torres ham da'vogarlik qilishgandi.

O'xshash yangiliklar


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: uefa.com