YCHL. "Real Madrid" - "Manchester Siti" o'yinidan oldin

Omonjon To`xtamirzayev
9 apr 2024
Xabaringiz bor, bugun tunda UEFA Chempionlar Ligasi chorak finali doirasida "Manchester Siti" safarda "Real"ga qarshi maydonga tushadi.

Har ikki jamoa tarkibida ko'plab yulduzlar, yetakchilar bor. Biroq oxirgi vaqtlarda aynan Bellingem va Foden o'z jamoalari tarkibida ajralib turgandek. Ushbu to'qnashuv taqdirini balki aynan shu yigitlarning samarali harakatlari hal qilar...

E'tiborlisi, Bellingem va Foden Chempionlar Ligasida ham ancha ishonchli o'yin ko'rsatmoqda. 


Jud Bellingem va Fil Fodenning Chempionlar Ligasi joriy mavsumidagi statistikasi:

• Jud: 6 o'yin, 4 ta gol va 4 ta assist 

• Foden: 6 o'yin, 4 ta gol va 3 ta assist


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: championat.asia