YCHL. "Chelsi" va "Borussiya"dan yirik g'alaba, "Sevilya"dan superkambek

5 noya 2020, 02:57
Yevropa Chempionlar Ligasi guruh bosqichi 3-ti doirasidagi bazi uchrashuvlar nihoyasiga etdi.

Jumladan, "Chelsi" "Renn"dan, "Borussiya" "Bryugge"dan yirik hisobda ustun kelgan bo'lsa, bir kishi kam bo'lib qolgan "Sevilya" o'z maydonida kambek namoyish qilib, "Krasnodar"ni engdi. Quyida o'yinlarda qayd etilgan natijalar bilan batafsil tanishishingiz mumkin.

Chelsi – Renn 3:0

Gollar:

1:0 – 10, penalti Verner, 2:0 – 41, penalti Verner, 3:0 – 50 Abraxam.

Chelsi – Mendi, Zuma, Djeyms, Chiluell (Emerson, 63), Tiago Silva (Ryudiger, 68), Kante (Kovachich, 63), Maunt, Jorjino, Ziesh (Xadson-Odoi, 75), Abraxam (Jiru, 63), Verner.

Renn – Gomis, Agerd, Dalbert, Da Silva, Traore, Burijo, Lea Siliki (Tryuffer, 46), Tere (Doku, 62), Nzonzi (Grene, 62), Gboo (Del Kastiyo, 62), Girassi (Yunu, 76).

Ogohlantirishlar:

Dalbert (10), Kante (26), Ziesh (32), Jorjino (65), Kovachich (79), Del Kastiyo (89).

Chetlatish:

Dalbert (40).

Sevilya – Krasnodar 3:2 

Gollar:

0:1 – 17 Suleymanov, 0:2 – 21, penalti Berg, 1:2 – 42 Rakitich, 2:2 – 69 En-Nesiri, 3:2 – 72 En-Nesiri.

Sevilya – Vaclik, Kunde (Oskar Rodriges, 34), Eskudero (Akunya, 34), Diego Karlos, Navas, Jordan (En-Nesiri, 60), Rakitich, Gudel, Okampos, Munir (Fernando, 60), de Yong (Rekik, 83).

Krasnodar – Safonov, Chernov, Ramires (Sorokin, 46), Martynovich, Pantaleao, Gazinskiy, Utkin (Vanderson, 75), Sabua (Spercyan, 34; Klasson, 65), Olsson, Suleymanov, Berg.

Ogohlantirishlar:

Kunde (16), Oskar Rodriges (49), Spercyan (51), Pantaleao (59), Berg (90).

Chetlatish:

Navas (45).

Bryugge – Borussiya D 0:3

Gollar:

0:1 – 14 Azar, 0:2 – 18 Xoland, 0:3 – 32 Xoland.

Bryugge – Minole, Deli, Mata, Kossunu, Sobol, Rits, Vanaken (Sxreyvers, 85), Diatta, Vormer (Balanta, 71), Lang (de Ketelare, 76), Dennis (Krmenchik, 85).

Borussiya D – Byurki, Gerreyru, Mene (Morey, 84), Akandji, Daud, Brandt (Roys, 72), Reyna (Passlak, 77), Azar, Vitcel, Dileyni (Bellingem, 72), Xoland (Reyner, 84).

O'xshash yangiliklar


Manba: championat.asia