YCHL. "Liverpul"ga qarshi bahsda "Bavariya" jamoasida katta yo'qotish!

11 yanv 2019, 19:15
"Bavariya" tarkibida "Liverpul"ga qarshi o'yinda Tomas Myuller maydonga tusha olmaydi.

UEFA  "Bavariya" va "Ayaks" klublari o'rtasidagi uchrashuvda maydondan chetlatilgan Tomas Myuller haqida yakuniy qarorni qabul qildi. Unga ko'ra, germaniyalik futbolchi ikkita o'yinga diskvalifikaciya qilindi. Natijada, Myuller YCHLning 1/8 final bosqichidagi "Liverpul"ga qarshi har ikki uchrashuvda jamoasiga yordam bera olmaydi.

Myuller Gollandiyaning yetakchi klubi bilan o'tkazilgan o'yinda raqib futbolchisi Talyafikoning boshiga oyog'i bilan zarba berganligi uchun chetlatilgandi. Keyin Tomas bu ishi uchun omma oldida kechirim so'radi. Ushbu qizil kartochka uning faoliyatidagi ikkinchisi hisoblanadi.


O'xshash yangiliklar


Manba: Omnisport