
Laosga qanotlarda hamyurtlari Pau Sebrian va Roberto del Palomar ko'maklashadi, zaxira hakami esa Karlos del Serro bo'ladi. VAR uchun masul - Alexandro Ernandes (Ispaniya). Uning assistentlari etib Xuan Martines (Ispaniya), Inigo Prieto (Ispaniya), Pavel Xil (Polsha) tayinlandi.

Eslatib o'tamiz, joriy mavsumdagi YCHL finali 29 may (Tosh. vaqti 30 may 00:00) kuni Istanbulda o'tishi kerak edi. Biroq, UEFA pandemiya bilan bog'liq holat tufayli finalni boshqa stadionga ko'chirishga qaror qildi. Oxirgi ma'lumotlarga ko'ra, “Man Siti” va “Chelsi” o'rtasidagi bahs “Dragau”da o'tadi, bu esa yaqin orada rasman e'lon qilinadi.