Kecha Madridning "Real" klubi YCHL 5-turida "Sporting" ustidan 2:1 hisobida zafar quchdi.
O'yindagi oxirgi golni mehmonlar hujumchisi Karim Benzema urdi. Shu tariqa, fransiyalik hujumchi musobaqada zaxiradan maydonga tushib ettinchi bor to'p kiritdi.
Bu borada Benzema norvegiyalik Ule Gunnar Sulsherning rekordini takrorladi.