YCHL. “Atletiko”ga qarshi javob o'yini oldidan “Liverpul”ning 2 asosiy futbolchisi safga qaytdi

Eldor Akmurzayev
10 mar 2020, 19:45
Mersisaydliklar sardori Jordan Xenderson va himoyachi Endryu Robertson jarohatidan forig' bo'ldi.

Klub matbuot xizmatini xabar berishicha, ikkala futbolchi ham YCHL 1/8 finali doirasida “Atletiko”ga qarshi 11 mart kuni bo'lib o'tadigan javob uchrashuvida qatnashishi mumkin.

Xenderson 3 hafta oldin, yani, madridliklarga qarshi ilk uchrashuvda jarohatlangandi. Shu bois, u “Vest Xem” (3:2), “Uotford” (0:3), “Chelsi” (0:2) va “Bornmut”ga (2:1) qarshi bellashuvlarda qatnasha olmadi.

Robertson esa “qizillar”ning tibbiy xodimlari ehtiyot choralarini ko'rgani sabab “Bornmut” bilan o'yinni o'tkazib yubordi.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: liverpoolfc.com