


Jahon Chempionati. Har 4 yilda bir marotaba bo'ladigan ushbu turnirda 5 ta qitadan dunyoning eng kuchli 32 ta terma jamoasi qatnashadi.

Yevropa Chempionlar Ligasi. Ko'xna qitada klublar o'rtasida bo'lib o'tadigan eng nufuzli turnir.

Yevropa Chempionati. Yevropa terma jamoalari o'rtasida har 4 yilda bir marotaba o'tkaziladigan musobaqa. Ushbu turnirni shuningdek Braziliya va Argentinasiz o'tkaziladigan jahon chempionati deb ham atashadi.

Kopa Amerika. Janubiy Amerika terma jamoalari o'rtasida o'tkaziladigan musobaqa.

Libertadores Kubogi. Janubiy Amerikaning eng kuchli klublari ishtirok etadigan turnir.

Yevropa Ligasi. Nufuzi jihatidan Yevropada ikkinchi o'rinda turadigan klublar o'rtasidagi chempionat.

Afrika Millatlari Kubogi. Har ikki yilda bo'ladigan Afrika terma jamoalari o'rtasidagi ushbu musobaqa ham katta qiziqishlarga sabab bo'ladi.

Angliya Futbol Assotsiatsiyasi Kubogi. Angliya klublari qatnashadiga mamlakat futbol assotsiatsiyasi kubogi.

Konfederatsiyalar Kubogi. Ushbu turnirda barcha qitalarning chempionlari qatnashadi. Har 4 yilda bir marotaba JCHdan bir yil oldin Mundial mezboni stadionlarida bo'lib o'tadi.

Kopa Del Rey. Ispaniya Kubogi ham eng nufuzli turnirlardan biri hisoblanadi.



