Duglas Kosta: "Ronalduga o'xshash futbolchini hech qachon ko'rmaganman"

Aslanov Jasurbek
8 avg 2018, 08:45
"Yuventus" yarim himoyachisi Duglas Kosta Turin jamoasidagi yangi jamoadoshi Krishtianu Ronaldu haqida fikr bildirdi.

"Mashg'ulotlarda Krishtianuga yetib bo'lmaydi. Biz kelsak u shug'ullanayotgan bo'ladi, qaytayotganimizda esa Ronaldu mashg'ulotni davom ettiradi. Krishtianudek futbolchini hech qachon ko'rmaganman" - deydi Duglas Kosta.

Eslatib o'tamiz, joriy yilning iyul oyida Ronaldu "Yuventus" bilan 2022 yilgacha belgilangan bitim tuzdi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: 101 Great Goals