Duglas Kosta "Fluminense"ni tark etdi

Оқил Абдубарноев
26 iyul 2024, 00:22
"Bavariya" va "Yuventus"ning braziliyalik sobiq hujumchisi Duglas Kosta klubsiz qoldi.

Transfermarkt xabariga ko'ra, braziliyalik futbolchi "Fluminense"ni tark etgan. Duglas o'tgan qishda ushbu klubga ko'chib o'tgandi. Klub ijtimoiy tarmoqlari futbolchi bilan xayrlashganini hali rasman e'lon qilmagan.

Kosta hozirda 33 yoshni qarshilagan. Transfermarkt uni 800 ming evroga baholamoqda. Duglas "Fluminense" safida gol ura olmadi, 22 uchrashuvda faqat bitta golli uzatmani amalga oshirdi. 

2024 yilning qishida "Fluminense"ga o'tishdan oldin Kosta "Shaxtyor", "Bavariya", "Yuventus", "Gremio" va "Los-Anjeles Gelaksi" klublarida o'ynagan.

O'xshash yangiliklar


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: Transfermarkt