"Dubai Cup-U23". O'zbekiston BAAga imkoniyatni boy berdi

Alisher
17 noya 2019, 22:18
Osiyoning 8ta U-23 terma jamoalari ishtirok etayotgan “Dubai Cup-U23” musobaqasining navbatdagi bahsida mezbonlar, yani BAA olimpiya terma jamoasi o'zbekistonlik tengqurlarini mag'lubiyatga uchratishdi.

O'zbekiston olimpiya terma jamoasi mezbon - BAA olimpiyachilariga mag'lub bo'lishdi. Olimpiyachilarimiz bundan oldingi Iroq (3:3) va Iordaniya (1:1)ga qarshi uchrashuvlarda durang qayd etishgan edi.

“Shabab al Ahli” stadioni

O'zbekiston - BAA 1:2

Gollar: Oybek Bozorov (90+1) - Zayid Al Amiri (6, pen.), Yahyo Al Hassani (59).

O'zbekiston U-23: 1.Abduvohid Ne'matov, 2.Islom Qobilov, 4.Abdulla Abdullaev, 6.Aziz G'aniev, 8.Nurillo To'xtasinov, 9.Jasur Yaxshiboev, 10.Bobir Abdixoliqov, 18.Husniddin Aliqulov, 19.Ilhom Alijonov, 20.Shahboz Jo'rabekov, 22.Doston Ibragimov.  

Zaxira: 21.Mashxur Muhammadjonov, 3.Sharof Muhiddinov, 5.Dilshod Saitov, 7.Oston O'runov, 11.Mirjahon Mirahmadov,  13.Sherzod Nasrullaev, 14.Abror Ismoilov, 15.Oybek Rustamov, 16.Aziz Amonov, 17.Islom Rashidxonov, 23.Oybek Bozorov, 31.Ibrohim Yo'ldoshev

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: championat.asia