Draksler: "Yevropa chempionatida nimalarga qodir ekanligimni isbotlashim lozim"

12 iyun 2016, 00:05
Germaniya terma jamoasi yarim himoyachisi Yulian Draksler Yevropa chempionatida katta maqsadlar bilan kelganini va o'z nomini barchaga eslatib qo'ymoqchiligini aytib o'tdi.


- O'tgan mavsumning hal qiluvchi pallasida jarohat olganim meni tushkun holatga solib qo'ygandi. Yevropa chempionatiga qadar tiklanish uchun bor harakatni amalga oshirdim. Yevropa chempionatiga kelish uchun kechasi bilan tinmay mehnat qildim. Bu mehnatlarim esa o'z samarasini berdi. Men terma jamoadagi yoshlarga maslahat beramanmi? Menimcha, bizning barcha futbolchilarimizning kuchli jihatlari ko'p. Ularga meni maslahatim shart emas. Men hali o'z o'yinimga e'tibor qaratishim kerak. O'ylashimcha, yaxshi sport formaga kirib boryapman. Fransiyadagi katta turnirda o'zimni ko'rsatishga harakat qilaman.
Oxirgi o'rtoqlik uchrashuvlarida o'zimni yaxshi tomonlama ko'rsata oldim, deb o'ylayman. Qolganini murabbiy hal etadi. Jamoamiz g'alabalarga tashna, sovrinlarga chanqoq. Biz yirik musobaqalardagi g'alaba tamini bilamiz. Buni ko'pchilik ikki yil avval his etgan. Yana o'sha muvaffaqiyatni Yevropa chempionatida ham takrorlashni istaymiz. Tayyorgarlik bosqichlari tugadi. Endi nihoyat hal qiluvchi o'yinlarda maydonga chiqishimiz mumkin.
Ukraina bilan o'yin qiyin kechishi tabiiy. Ushbu raqib oxirigacha kurashadigan jamoalar sirasiga kiradi. Lekin Germaniya har qanday qarshiliklarga tayyor. Barchasi o'zimizga bog'liq.

Yevropa chempionati o'zgacha musobaqa. Har bir o'yin katta zavq ulashishi mumkin. Shu boisdan ham imkon ko'proq o'yinlarni tomosha qilishga harakat qilaman. Qiziqarli o'yinlar juda ko'p bo'ladi.

O'xshash yangiliklar


Manba: uefa.com