

Biz futbolchining taasurotlari bilan qiziqdik.
Bugungi tadbir ko'tarinki ruhda o'tdi. Tadbir tashkilotchilariga katta rahmat. Qolaversa bugungi bayram bilan barcha bolalarni tabriklab qolaman.
Tadbirning ko'tarinki ruhda o'tayotgani menga juda yoqyapti. Qoraqalpog'iston Respublikasiga birinchi marta kelishim. Taasurotlar va sportchilarning qiziqishlari va sport muxlislarini ko'rib dilim quvondi va bundan juda ham xursandman.
O'zbekiston futboli juda katta maqsadlarni o'z oldiga qo'ygan. Xudo xohlasa Qoraqalpog'iston Respublikasi jamoasini ham superligada kutib qolamiz. Bu yerda yaxshi futbolchilar yetishib chiqadi va yetishib chiqqan ham.
Furqat Yusupov yozib oldi




