"Do'stlik" murabbiyi Kamoliddin Usmonov: "Vaziyatlardan foydala olmadik, qarshi hujumlardan gol o'tkazdik"

Administrator
26 apr 2023, 22:05
O'zbekiston kubogi birinchi turidan o'rin olgan "Aral" va Toshkentning "Do'stlik" klublari (4:1) o'rtasidagi uchrashuvdan so'ng mehmonlar murabbiyi Kamoliddin Usmonov matbuot anjumanida qatnashdi.

O'yin haqida

- Yaxshi futbol bo'ldi. Vaziyatlardan foydala olmadik, qarshi hujumlardan gol o'tkazdik. Uzoq masofadan yo'l bosib kelganimiz sabab yigitlarda ozgina charchoq bo'ldi. Raqib kuchlilik qildi. Ularga keyingi o'yinda omad tilaymiz. 

- "Aral" jamoasi bilan uch marta to'qnash keldingiz. Uchchalasida ham mag'lub bo'ldinglar. Bunga sabab nima?

- Menimcha, gap tajribada. Bizda asosan yosh yigitlar.

- "Aral" jamoasining o'yinida o'tkan yilgidan qanday o'zgarish bor?

- O'tgan yilgiga qaraganda ancha o'sish bor. Pro liga darajasida o'yin ko'rsatishmoqda.

- Alisher Azizovning vazni borasida nima deya olasiz?

- Albatta, buni vaqt ko'rsatadi, ammo Alisher Azizov hozir yaxshi formada.

- "Aral" jamoasida aynan qaysi futbolchini alohida ajratib ko'rsatgan bo'lardingiz?

- Ettinchi raqamli futbolchini alohida ajratib ko'rsatgan bo'lardim. Jamoa sardorini.

O'xshash yangiliklar


AdministratorMuallif
Manba: championat.asia