Donnarumma PSJni tark etishi mumkin. Klub yangi shartnoma bo'yicha kelishuvga erisha olmadi

Sherzod Nurmatov
12 iyun 2025, 11:36
PSJ darvozaboni Janluiji Donnarumma shu yozning o'zidayoq Fransiya klubidan ketishi ehtimoli yuqori.

"Foot Mercato"ning xabar berishicha, tomonlar amaldagi shartnomani uzaytirish bo'yicha kelishuvga erisha olmagan.

Italiyalik futbolchining kelajagi noaniq bo'lgan bir paytda, unga Yevropaning nufuzli klublari – "Real", "Manchester Siti" va "Manchester Yunayted" qiziqish bildirmoqda. PSJ Donnarummani 40 million evroga baholamoqda.

Donnarumma 2021 yilda Parij klubiga o'tgan edi. O'tgan mavsumda u 40 o'yinda maydonga tushib, 39 ta gol o'tkazib yubordi va 12 marta darvozasini "quruq" saqladi. Uning klub bilan bitimi 2026 yilning yozigacha amal qiladi. Transfermarkt ma'lumotlariga ko'ra, uning bozordagi qiymati 40 million evroni tashkil etadi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Foot Mercato