Donnarumma "Milan"da qolishni istayotganini aytdi

Mirjalol Normatov
30 noya 2020, 13:28
"Milan" posboni Janluijji Donnarumma klub bilan shartnomasining uzaytirilishi mumkinligi haqida gapirdi.

Oldinroq tomonlar shartnomani uzaytirgani borasidagi ma'lumotlarga klubdagilar raddiya bergandi.

"Agentim klub bilan muzokaralar o'tkazmoqda. Klubda uzoq vaqt qolishni istayman. Ko'ramiz, klubdagilar qanday qarorga kelarkin", - dedi futbolchi.

Donnarumma "Milan" tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Golkiper ushbu mavsumda 14 o'yinda qatnashdi va 5 bora o'z darvozasini quruq holda saqlab qoldi. Uning klub bilan shartnomasi 2021 yilga qadar davom etadi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Football Italia