Diyor Imomxo'jaev: "Buxoro" "norm" kambekni amalga oshirdi"

7 iyun 2021, 14:13
Toshkentning "Oqtepa" klubi Pro liganing 10-turida "Buxoro" mehmoni bo'ldi (3:3).

Ushbu bahs muxlislar orasida bir qator munozaralarga sabab bo'ldi. O'zPFL bosh direktori Diyor Imomxo'jaev o'yindan keyin hayratga tushishni ham, xavotirlanishni ham bilmayotgani haqida yozgandi. Biroz avval esa uchrashuv videolavhasini tomosha qilgani va shubhalari tarqalganini ma'lum qildi.

"Bir jihat xursand qildi. "Buxoro" - "Oqtepa" o'yini translyatsiya qilinmagani mavzuga aylandi. Bizda Pro liga shunday bosqichga chiqib ulgurdi. 

"Oqtepa" darvozasiga jarima zarbasidan kiritilgan golni ko'rib, shubhalar tarqalgandek bo'ldi. Chunki futbolchi zarbani umuman to'g'ri yo'llay olmasligi mumkin edi. Teng hisob kelishilsa, bu qadar so'nggi soniyalarga qadar tavakkal qilinmasligi katta ehtimol. Masalaga to'g'ri ko'z bilan qaralsa, "Buxoro" "norm" kambekni amalga oshirdi. 

"Buxoro" o'zining haqiqiy stadioniga qaytsa, translyatsiya masalasida yana o'ylab ko'rish mumkin. Chunki G'ijduvonda tinimsiz o'ynab turadigan elektr tizimi UzReport texnikasiga zarar etkazib ulgurdi. Ish to'g'ri yo'lga qo'yilmagan joydagi yana bir muammo sabab, Pro liganing qolgan o'yinlaridan ham uzilib qolishdek tavakkal qila olmaymiz. "Buxoro" o'z katta arenasiga qaytish rejasini hammaga ochiq e'lon qilishi to'g'ri yo'l bo'ladi", deb yozadi Imomxo'jaev.

O'xshash yangiliklar


Manba: championat.asia