O'zbekistonni Olimpiadaga olib chiqqan do'ppi aukcionga qo'yildi! Hozirgi narx 20 million so'mdan oshdi!

Narzulla Saydullayev
6 may 2024
U-23 Osiyo kubogida Husayn Norchaev va Jahongir Fayzullaev birgalikda mashhur qilgan do'ppi aukcionga qo'yildi.

Aukciondan tushgan hamma pul bolalar shifoxonasiga xayriya sifatida topshiriladi.

Narx taklif qilish uchun USHBU XABAR  tagiga komment yozing. Hozirga kelib narx 20 million so'mdan oshdi.

Aukcion 10 may juma kuni, Toshkent vaqti bilan soat 19:59 da tugaydi.



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia