"Dinamo"ga transfer taqiqi qo'yildi

Sherzod Nurmatov
10 may 2024, 14:20
Bu haqda O'zbekiston futbolchilari uyushmasi xabar berdi.

O'zbekiston futbolchilari uyushmasi "FIFA Legal Portal" orqali FIFAning Intizomiy departamentiga "Dinamo" Samarqand futbol klubining gruziyalik futbolchi Anton Tolordava oldidagi qarzlarini bartaraf etish yuzasidan FIFA chiqargan qarorini bajarmaganligi uchun qarorda ko'rsatilgan sankciyani qo'llashini so'rab murojaat yo'lladi.

Bunga javoban FIFA tomonidan A. Tolordava oldidagi qarzdorlik to'lanmaguncha ushbu klubning transfer oynasi vaqtida yangi futbolchilarni Professional futbol ligasidan ro'yxatdan o'tkazishga taqiq qo'yilganligi ma'lum qilindi.

“Dinamo” gruziyalik Anton Tolordava bilan shartnomani bekor qilgani uchun tovon puli to'laydi

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Ўзбекистон футболчилари уюшмаси