"Dinamo" tayyorgarlikni Samarqandda davom ettirmoqda

15 iyul 2013, 22:26
Samarqandning "Dinamo" jamoasi tayyorgarlikni 11 iyuldan Samarqandda boshlab yuborgan.
Kuniga ikki mahaldan mashg'ulotlar olib borilmoqda. Samarqanddagi yig'in 18 iyulgacha davom etadi. Ushbu yig'in so'nggida "Dinamo" birinchi liga vakili "Sherdor" bilan nazorat uchrashuvini o'tkazib birinchi bosqichini yakunlaydi. 20 iyuldan yig'in Toshkentda davom ettiriladi.
 
Bugun jamoa navbatdagi mashg'ulotlarni olib bordi. Jamoani yig'inida darvozabon Andrey Melnichuk ishtirok etmayapti. Xabarlarga ko'ra jamoaning Toshkentdagi yig'indan boshlab Temur Jo'raev kelib qo'shiladi. Xozirda jamoaga Vladimir Kilikevich qaytdi, lekin jamoada qolishi yoki qolmasligi ma'lum emas. Undan tashqari asosiy tarkibdan Almal Xolmurodov ham "Dinamo" bilan birga emas. 

Jamoaga yangi kelib qo'shilganlarga to'xtaladigan bo'lsak, xozircha jamoani mashg'ulotlarida Azamat Abdullaev ("Qizilqum"), Obid Jo'raboev ("Sho'rtan"), Dilshod Jabborov ("Registon") ishtirok etmoqda. 

Yuqorida aytib o'tganimizdek 18 iyul kuni "Sherdor"ga qarshi bo'lib o'tadigan nazorat uchrashuvidan so'ng tarkibda bir qancha o'zgarishlar bo'lishi kutilmoqda.  Tarkibdagi deyarli asosiy o'zgarishlarning barchasi Toshkentdagi yig'inda amalga oshiriladi. Hozircha bir necha futbolchilar bilan muzokaralar olib borilmoqda. 

Eslatib o'tamiz "Dinamo" Toshkentda 23 iyul kuni "Paxtakor"ga va yana bitta nazorat uchrashuvi o'tkazish belgilangan. 


Manba: championat.asia