Dinamo rossiyalik legioner bilan shartnoma imzoladi

Omonjon To`xtamirzayev
24 fev 2023, 11:59
Dinamo jamoasi Pro liga yangi mavsumi oldidan o'z safini yangi o'yinchilar bilan kuchaytirmoqda.

Toshkentda o'tgan yig'in davomida Dinamo jamoasi safida faol harakat qilib, murabbiylar ishonchini qozongan rossiyalik markaziy himoyachi Evgeniy Nazarov klub bilan bir yillik shartnoma imzoladi.

O'z vaqtida Rossiya yoshlar jamoasi safida to'p tepgan 25 yoshli himoyachi o'tgan yillar davomida Rossiyaning Krasnodar, Chexiyaning Teplice va Bogemians 1905 hamda 2022 yil Armanistonning Urartu klubi sharafini himoya qilgan.


Ma'lumotnoma:
Evgeniy Nazarov

Tug'ilgan sanasi: 1997 yil, 7 aprel
Tug'ilgan joyi: Rossiya, Neftekumsk shahri
Ampluasi: markaziy himoyachi.

O'xshash yangiliklar


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: championat.asia