Dinamo - Bunyodkor uchrashuvi boshlanish vaqti ma'lum

Narzulla Saydullayev
4 okt 2017, 13:52
FIFA kunlari bois, Oliy Ligada yuzaga kelgan qisqa tanaffusda O'zbekiston Kubogi yarim final javob uchrashuvlari o'tkaziladi.

Jumladan, 6 oktyabr, juma kuni Samarqandda yarim final javob uchrashuvi doirasida Dinamo jamoasi Toshkentning Bunyodkor klubini qabul qiladi. Dinamo markaziy o'yingohida o'tadigan uchrashuv soat 15:00 da boshlanadi. Final yo'llanmasini taqdim etuvchi ushbu o'yin chiptalari Dinamo stadioni kassalarida sotilmoqda.

Eslatib o'tamiz, Dinamo - Bunyodkor o'rtasidagi Toshkentda o'tgan dastlabki yarim final bahsi 0:0 hisobida yakunlangan edi.

O'zbekiston Kubogi–2017.
1/2 final. Javob o'yini.
6 oktyabr (juma)
Dinamo (Samarqand) – Bunyodkor (Toshkent)
Hakamlar:
Z. Qodirov (Navoiy), O. Jumaev (Navoiy), R. Samandarov (Navoiy), A. Ergashev (Toshkent)
Nazoratchi: A. Xotamov (Toshkent).
Dastlabki uchrashuv – 0:0.
Uchrashuv boshlanish vaqti: 15:00

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: fcdinamo.uz