"Dinamo" avtobusi va andijonlik muxlislar

Xayrulla Xoliqov
21 mar 2019, 09:31
"Navro'z" bayrami munosabati bilan Samarqandning "Dinamo" klubiga yangi avtobus sovg'a qilindi.

Bu haqda klubning Telegram kanalida yozildi. Xabarda shunday deyilgan: "Bugun "Navro'z" bayrami kuni Samarqand viloyat hokimi Erkinjon Turdimov va klub homiylari tomonidan sovg'a qilingan Dinamo PFK yangi avtobusi Samarqandga yetib keldi!" 

Albatta, samarqandliklarni ushbu quvonchli yangilik bilan tabriklaymiz. Nasib qilsa bu avtobus jamoaga hali ko'p yillar xizmat qiladi. Ushbu xabar andijonlik muxlislarni ham bee'tibor qoldirmadi va "Andijon" muxlislari Telegram kanalida shunday post qoldirildi: 

"Avtobus qulluq bo'lsin, "Dinamo" muxlislari, klub avtobusli bo'lsa albatta muxlislar xursand bo'lishadi. Bizni "Andijon" bosh homiysi bo'lgan GM UZBEKISTAN degan homiy tomonidan velosiped ham yo'q". 

Ana shunaqa gaplar...


Xayrulla Xoliqov Muallif
Manba: championat.asia