"Dinamo" "Aral" darvozasiga 4 ta to'p yo'lladi

Sherzod Nurmatov
5 fev 2026
Bugun "Dinamo" jamoasi Toshkentda Nukusning "Aral" klubiga qarshi maydonga tushdi.

Uchrashuvda Vadim Abramov shogirdlari Nematilla Quttiboev murabbiyligidagi Pro liga ishtirokchisini yirik hisobda mag'lub etdi.

O'yinning 2-daqiqasida Anvar Hojimirzaevning uzatmasidan keyin Aziz Amonov hisobni ochgan bo'lsa, 8-daqiqada yana Hojimirzaevning uzatmasidan keyin hujumga yetib kelgan urugvaylik himoyachi Mauro Brazil boshi bilan golga mualliflik qildi – 2:0.

Ikkinchi bo'limda esa Nurillo To'xtasinov va Mirjahon Mirahmadov hisobni yanada yiriklashtirdi – 4:0.

Bugungi bahsda fransiyalik himoyachi Mahammadu Dembele jamoa ko'rigida qatnashdi. 

O'rtoqlik o'yini

"Dinamo" – "Aral" 4:0

Gollar: Aziz Amonov 2', Mauro Brazil 8', Nurillo To'xtasinov 55', Mirjahon Mirahmadov 77'

"Dinamo": Edem Nemanov, Sanjar Qodirqulov, Jaloliddin Jumaboev, Jahongir O'rozov, Mahammadu Dembele, Dramane Salou, Jahongir Abdusalomov, Akbar Xudoyberdiev, Anvar Hojimirzaev, Aziz Amonov, Ulug'bek Hoshimov.

Ikkinchi bo'limda zaxiradan maydonga tushganlar: Sarvar Karimov, Ulug'bek Abdullaev, Kingsli Sarfo, Bektemir Abdumannonov, Nurillo To'xtasinov, Firdavs Abdurahmonov, Xislat Xalilov, Mirjahon Mirahmadov, Abdulahad Hoshimov, Behruzbek Oblaqulov.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: "Динамо" матбуот хизмати