Dilyaver Vaniev: "Bunyodkor" bilan tengma-teng o'ynadik"

Narzulla Saydullayev
7 mar 2020, 20:29
Superliganing 2-turidan o'rin olgan Bunyodkor - Mashal (1:0) uchrashuvidan keyin o'tkazilgan matbuot anjumanining birinchi qismida mehmonlar ustozi Dilyaver Vaniev ishtirok etdi.




- Barcha o'yinni ko'rdi, qo'rqmay ayta olaman, bugun Bunyodkor bilan tengma-teng o'ynadik. To'g'ri, birinchi bo'limning ayrim daqiqalarida himoyalandik, lekin tanaffusdan so'ng hujumkorlikni oshirdik. Bugungi bahsda bemalol raqibdan ochko tortib olish mumkinligini tushundik. Uzoq paslar orqali raqib darvozasi oldida xavfli vaziyatlar yaratdik. Ammo gol ura olmadik. Qisqasi, bugun munosib o'yin ko'rsatdik. Biroq Bunyodkor g'alaba qozondi, ularni tabriklayman!

Ochig'i, bugun birinchi bo'limni ikkinchi jamoa sifatida o'tkazishni rejalashtirgandik. Tanaffusda yigitlarga endi hujumkorlikni oshirish lozimligini ta'kidladim. Bugun standart vaziyatlarda ham faol bo'la oldik. Bu bo'yicha ham yigitlarga alohida ko'rsatma bergandim. Ammo standartlardan ham foydalanishda oqsadik.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia