Dilshod Nuraliev: "Ishonchingizni oqlashga harakat qilamiz"

Narzulla Saydullayev
23 avg 2013, 18:30
Bugun bir qator mutaxassislarimiz O'zbekiston mustaqilligining 22 yilligi munosabati bilan turli mukofotlar bilan taqdirlandilar.
Ular orasida O'zbekiston o'smirlar terma jamoasini Osiyo chempionatida g'alabaga etaklay olgan Dilshod Nuraliev ham bor.

"Avvalo arzimagan mehnatimizga yuqori baho berganliklari uchun prezidentimizga rahmat aytaman. Bu mukofot bizni yanada masuliyatli bo'lishga undaydi. Mukofotni qo'lga kirtishimda 1996 yilda tarbiya topgan futbolchilarim va murabbiylar shtabidan o'rin olgan hamkasblarimga alohida minnatdorchilik bildiraman. Jahon chempionatida mukofotga munosib javob berishga harakat qilamiz", - deydi Dilshod Nuraliev.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia