Dilshod Abdullaev: "Jahon chempionatida o'yindan o'yinga ishonchimiz ortib bordi. Fransiyadan qo'rqmadik va g'alaba uchun harakat qildik"

Sherzod Nurmatov
28 noya 2023, 14:08
O'zbekiston U-17 terma jamoasi tarkibida bir qator futbolchilar ijobiy taassurot qoldirishdi.

Himoya qo'rg'onida ishonchli o'yin ko'rsatgan va muxlislar etirofiga sazovor bo'lgan Dilshod Abdullaev Jahon chempionati hissiyotlari bilan bo'lishdi. 

"Jahon chempionatida o'ynash har bir futbolchining orzusi. U yerdagi muhit, maydonlar, raqiblar umuman boshqa darajada. Bizning guruh eng kuchlisi edi. Oddiy jamoalar, deb bo'lmasdi. 

Ilk turdan so'ng futbolchilar o'zaro barchasini kelishib oldik. Bizni faqat g'alaba qoniqtirardi. Kanada, Ispaniya, Angliya bilan uchrashuvlarda o'zimizga ishonch ortib bordi. Fransiyadan qo'rqmadik va g'alaba uchun harakat qildik. Maydonda raqib kim bo'lishi ahamiyatsiz edi, ortga yo'limiz qolmagandi. Tarix yaratmoqchi edik, o'xshamay qoldi.

Bungacha bosib o'tilgan yo'lda murabbiylarimga, qolaversa, ekran ortida har bir o'yinimizni hayajon bilan kuzatgan Nodirxo'ja aka Yuldashevga alohida katta rahmat aytaman. Bizni 2 yil davomida tayyorlagan terma jamoa murabbiylariga, O'FAdagi xodimlarga ham tashakkurimni bildirib qolaman", – deydi Dilshod Abdullaev.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Championat.asia