

Barselona o'yinni yaxshi boshladi. Maydon markazidagi xatodan keyin gol o'tkazib yubordik. Keyin Messi chiroyli gol urdi va bizning rejalarimiz o'zgarib ketdi. Ikkinchi bo'limda o'zimizga o'xshadik, hisobni tenglashtirishimiz ham mumkin edi.
Tanaffusda nima dedim? Bunday gaplar jamoa ichida qoladi, ammo ikkinchi bo'limdagi o'yinimiz menga yoqdi. Barselona favorit? Bu haqda oldin ham aytganman, Kubok – g'aroyib musobaqa. Xatto Barselonadagilar ham hali finalga chiqishmaganini his qilib turishibdi. Bizni yana bir ajoyib o'yin kutmoqda, – deydi Simeone.




