Diego Lopes: "Ronaldu bilan shartnomaning uzaytirilishi eng yaxshi xabar"

Tolibjon Qosimov
27 sen 2013, 17:23
Madridning "Real" klubi posboni Diego Lopes jamoa hujumchisi Krishtianu Ronaldu bilan shartnoma uzaytirilganidan xursand.
"Krishtianu Ronalduning "Real"ga qanchalik muhimligini aytishim qiyin. U dunyoning eng kuchli futbolchisi, klub safida yana uzoq muddat qolishi bu bizning omadimiz. Ronaldu bilan shartnomaning uzaytirilishi nafaqat muxlislar uchun, biz uchun ham eng yaxshi xabar bo'ldi", - deydi Lopes Marca nashriga.

Tolibjon QosimovMuallif
Manba: football.kulichki.net