Diego Kosta gol urdi va uni noto'g'ri nishonlab qizil kartochka oldi

Aslanov Jasurbek
6 yanv 2018, 18:36
"Atletiko" hamda "Xetafe" o'rtasidagi LaLiganing 18-tur uchrashuvida "matraschilar" hujumchisi Diego Kosta maydondan chetlatildi.

Forvard 62-daqiqada raqibga tirsagi bilan zarba bergani uchun sariq kartochka bilan jazolangan edi. 6 daqiqa o'tib Diego Kosta raqib darvozasini ishg'ol qildi va uni nishonlash uchun futbolchi muxlislar oldiga bordi. Natijada muxlislar orasida tiqilinch yuzaga keldi va hakam bu ishni noto'g'ri deb hisoblab, forvardga ikkinchi sariq kartochkani ko'rsatib, maydondan chetlatdi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia