Diego Kosta YCHL finaliga qadar sog'ayish uchun Serbiyada davolanmoqda

Tolibjon Qosimov
21 may 2014, 10:44
AS nashrining xabariga ko'ra, "Atletiko" hujumchisi Diego Kosta seshanba kuni Serbiyada mashhur shifokor Maryan Kovachevich huzurida bo'ldi.
Kosta aslida 2 haftani o'tkazib yuborishi kerak edi. Ammo o'z shaxsiy samolyotida Belgradga uchib ketdi. Maryan Kovachevichni Yevropadagi eng kuchli mutaxassislardan biri hisoblashadi.

U "Chelsi" sardori Frenk Lempard va "Manchester Yunayted" hujumchisi Robin van Persini juda qisqa vaqt ichida davolagandi.

Tolibjon QosimovMuallif
Manba: football.kulichki.net